"Jirona" Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi, ammo muammo bor - klub aktsiyalarining bir qismi "Manchester Siti"ga egalik qiluvchi City Football Group xoldingiga tegishli.
ESPN xabariga ko'ra, Chempionlar ligasida o'ynash uchun ispan klubi o'zining "Manchester Siti"dan tashkiliy mustaqilligini UEFA moliyaviy nazorat organiga isbotlashi kerak bo'ladi.
Aks holda, klublardan biri turnirga qabul qilinmasligi mumkin. UEFA qoidalariga ko'ra, agar umumiy egasi bo'lgan ikkita jamoa bitta turnirga kirsa, u holda faqat o'z milliy chempionati turnir jadvalida yuqori o'rinni egallagan jamoaga ruxsat beriladi.