"River Pleyt" yarim himoyachisi Franko Mastantuono faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant haqida qaror qabul qildi. Eslatib o'tamiz, yosh futbolchi uchun ikkita superklub - "Real" va "Barselona" da'vogarlik qilayotgan edi.
Relevo xabariga ko'ra, 16 yoshli argentinalik futbolchi Karlo Anchelotti jamoasiga o'tishga qaror qilgan. Yarim himoyachi 2025 yilning avgustida balog'at yoshiga etadi, shu bois unga qadar Evropa jamoalarida o'ynay olmaydi.
Mastantuono hujumkor yarim himoyachi va o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynashga qodir. Transfermarkt argentinalik yosh futbolchining bozor narxini 4 million evroga baholamoqda.