34 yoshli ispaniyalik forvard Xoseluning "Real"ga transferi hujumchi uchun ayni muddao bo'ldi.
Qayd etilishicha, faoliyati davomida "Xoffenxaym", "Ayntraxt", "Gannover", "Stok Siti", "Deportivo", "Nyukasl", "Alaves" va "Espanol" kabi klublarda to'p tepishga ulgurgan Xoselu joriy yilgacha birorta jamoaviy sovrin qo'lga kiritmagan. "Qirollik klubi"ga transferidan so'ng esa allaqachon Ispaniya Superkubogi va La Liga chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Xoselu huquqiy jihatdan hali ham "Espanol"ga tegishli. Madrid klubida uni sotib olish imkoniyati bor.