"Real Madrid" Ferlan Mendini qadrlaydi va shartnomani uzaytirmoqchi.
Marca xabariga ko'ra, Madrid klubi 28 yoshli chap qanot himoyachisining kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgan. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan va "Real" Mendiga yangi shartnoma taklif qiladi. Karlo Anchelotti futbolchidan qolishni so'radi.
Hozircha hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvlar yo'q, ammo Madrid rahbariyati futbolchini saqlab qolish niyatida. Muzokaralar Mendiga "Manchester Siti", "Bavariya" va Saudiyaning nomi oshkor etilmagan klubidan qiziqishlar fonida bo'lib o'tadi.
Mendi joriy mavsum “Real” safida 33 ta o'yinda maydonga tushdi.