"Real"ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin Madrid grandi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmaydi.
Todofichajes so'zlariga ko'ra, "qirollik klubi" muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi bo'lgan, ammo darvozabon Tibo Kurtua soyasida qolishni istamayapti.
Lunin faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin. "Manchester Yunayted" ukrainalik futbolchiga da'vogar ekani aytilmoqda.
"Mankunianliklar" Andreyni Andre Onanaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Potentsial tranzaktsiya qiymati 35 million evroga baholanmoqda.