"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti asosiy darvozabon borasida tanlov qilgan.
Yaqinda nominal "birinchi raqamli" Tibo Kurtua safga qaytdi.
Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, aynan 31 yoshli darvozabon La Liga doirasida "Kadis"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi.
Biroq, Marca nashrining xabariga ko'ra, Andrey Lunin Chempionlar ligasi yarim finalining "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvida "Los-Blankos" darvozasidan joy oladi. Kepa Arrizabalaga Kurtua bilan zaxirada o'ynaydi.