Madridning “Real” klubi 16 yoshli yarim himoyachi Franko Mastantuonoga asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
O'z mamlakatida “River Pleyt” safida to'p tepayotgan argentinalik yosh futbolchiga Evropaning ko'plab gigantlari qiziqish bildirdi, biroq o'sib borayotgan yulduz uchun kurashda aynan "Los Blankos" etakchilik qilmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Xose Feliks Dias.
Shuningdek, «Barselona» poygadan chiqib ketgani haqida xabar berilgan - kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklar tufayli transferni amalga oshira olmaydi.