Kilian Mbappe Serxio Ramos yashagan uyni sotib olmoqchi.
25 yoshli forvard Parijdan Madridga ko'chib o'tishga hozirlik ko'rmoqda: frantsiyalik futbolchi mavsum oxirida erkin agent sifatida "Real"ga o'tish uchun "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Madrid Xtra nashrining Vozpopuli nashriga tayanib xabar berishicha, Mbappe Ispaniya poytaxtida “Los-Blankos”ning sobiq sardori Serxio Ramos avval yashagan uy sotib olmoqda. Himoyachi 2005 yildan 2021 yilgacha "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan, shundan so'ng u "PSJ"ga o'tgan va u erda Kilian bilan birga o'ynagan.
Hozirda 38 yoshli Serxio Ramos "Sevilya"da to'p tepmoqda.