Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua joriy mavsumda maydonga qaytishi mumkin.
"Relevo" xabariga ko'ra, futbolchilar va murabbiylar shtabi darvozabonni mavsum yakunida eng muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor deb hisoblamoqda. Klub Andrey Lunin belgiyalik darajasiga chiqmaydi, deb hisoblaydi, ammo ular ukrainalikning muvaffaqiyatini qayd etishadi.
Eslatib o'tamiz, ukrainalik darvozabon Kurtua uzoq muddatga safdan chiqqanidan so'ng jamoada asosiy kiperga aylangandi.