Madridning “Real” klubi himoyachisi Nacho Fernandes yozgi transfer oynasida klubini o'zgartiradi. Ma'lum bo'lishicha, tajribali ispaniyalik Evropani tark etib, AQShga ketadi.
Saudiya Arabistoni va Italiyadan kelgan takliflarga qaramay, Nacho faoliyatini MLSda davom ettirishga qaror qildi. Fernandesning yangi ish joyi argentinalik Lionel Messi to'p tepadigan "Inter Mayami" bo'lishi kerak.
34 yoshli himoyachi Devid Bekxem klubiga tekinga beriladi, chunki uning "Real" bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Fernandes "qirollik" klubida 2012 yildan buyon o'ynab kelmoqda.