Italiyalik mashhur mutaxassis, bungacha “Milan”da ishlagan Karlo Anchelotti “rossonerilar” va Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kakani esladi.
“Kaka jamoaga ilk bor kelib qo'shilganida va birinchi mashg'ulotini o'tkazganida, biz bu yigit aql bovar qilmas qobiliyatga ega ekanligini angladik.
Uning mahoratini ta'riflashga so'z topolmadim. Bu ajoyib edi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Football Talk.