Paragvaylik sobiq futbolchi Roke Santa Krus "Bavariya" "Real"ni mag'lub etishiga ishonmoqda.
Kecha Chempionlar ligasi nimchorak finalining birinchi o'yinida "Bavariya" "Real"ni qabul qildi va durang o'ynadi (2:2).
"Juda teng qarama-qarshilik bo'ldi. Bu Evropa derbisi, chempionlik instinktiga ega ikki jamoa, javob o'yinida hamma narsa bo'lishi mumkin.
Tarozi biroz Madridga qarab bosadi, chunki ular o'z uylarida javob o'yinini o'tkazadilar, ammo "Bavariya" oxirigacha kurashadi, chunki bu ularning qo'ldan chiqqan Bundesliga uchun o'zlarini qutqarish imkoniyatidir", – dedi Santa Krus.