Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Frantsiyaning “PSJ” klubi bilan Chempionlar ligasi finalida o'ynashga tayyorligini bildirdi.
"Chempionlar Ligasi finalida "PSJ" - "Real Madrid" o'yiniga roziman. Men hozir buning uchun chipta olishga tayyorman", - dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
“PSJ” Chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun yarim finalda “Borussiya Dortmund”ni mag'lub etishi kerak. Jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin bugun bo'ladi.