Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jamoasining DNKsi nimadan iboratligini aytdi.
"Real Madrid"ning DNKsi hech qachon ta'slim bo'lmaslik va qo'lingizdan kelganini qilishdir. Biz har doim oxirigacha kurashamiz. Jamoa istalgan vaqtda gol urishga qodir", - deya Rudiger so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
31 yoshli Antonio joriy Ispaniya chempionatida bitta gol urdi. Ryudiger "qirollik klubi"da 2022 yildan beri o'ynab kelmoqda, u "Chelsi"dan erkin agent sifatida qo'shilgan.