Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Joshua Kimmix Evropa Chempionlar Ligasi yarim finalida “Real”ga qarshi o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bavariya" "Real"dan yaxshiroq o'ynadi. Bizda gol urish uchun ko'proq imkoniyatlar bo'ldi. O'yin nazorat ostida bo'lgan va vaziyatlar yaratgan davrlarimiz ham bo'ldi. Buni Madridda takrorlashimiz mumkin. Hozircha qarama-qarshilikda hech narsa hal qilingani yo'q", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
"Real" va "Bavariya" o'rtasidagi javob uchrashuvi 8 may kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.