"Real" hujumchisi Rodrigo jamoasi qaysi sharoitda eng xavfli ekanligini tushuntirib berdi.
"Real Madrid" hisobda ortda qolayotgan paytda eng xavfli raqibga aylanadi. Biz bunga o'rganib qolganmiz", - deya Rodrigodan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
“Real” va “Bavariya” bir haftadan so'ng “Santyago Bernabeu”da javob o'yinida to'qnash keladi. Rodrigo joriy mavsum Ispaniya chempionatida 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.