Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroosning “Bavariya” bilan EChL yarim finali doirasidagi mehmondagi o'yini haqida gapirdi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
“Kroos? Menda so'z yo'q. Bu yuqori darajadagi futbolchi. Toni jamoaning harakatlarida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Uning uzatmalari hammaga ham nasib etavermaydi, biroq Vinisius Kroos bilan a'lo darajada munosabatda bo'ldi", - dedi italiyalik murabbiy.
Birinchi bo'limda braziliyalik hujumchi Kroosning uzatmasidan gol urdi. "Real" va "Bavariya" o'rtasidagi javob uchrashuvi 8 may kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.