Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Evropa Chempionlar Ligasi yarim finalida "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan javob o'yini haqida gapirdi.
"Bu faqat birinchi o'yin edi. Javob o'yinida Serj Gnabri "Real" darvozasini aniq nishonga oladi. Oldinda Madriddagi ikkinchi o'yin turibdi. U erda u gol uradi", — dedi Tuxel.
Eslatib o'tamiz, birinchi o'yin Myunxendagi "Alyants Arena” stadionida bo'lib o'tdi va 2:2 hisobida durang bilan yakunlangandi. "Real" va "Bavariya" o'rtasidagi javob uchrashuvi 8 may kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.