Sobiq hujumchi Maykl Ouen Chempionlar ligasi yarim finalidagi "Real" - "Bavariya" juftligi favoriti haqida gapirdi.
Kecha, 30-aprel kuni Chempionlar ligasi 1/2 finalining ilk uchrashuvida jamoalar durang qayd etishdi (2:2). "Real Madrid" safida Vinisius Junior dubl qayd etdi. “Bavariya” safida Leroy Sane va Xarri Keyn gol urishdi.
"Shaxsan men bu juftlik g'olibi Chempionlar ligasida g'olib chiqadi deb o'ylayman. "Real" endi ustunlikka ega", – deya Ouenning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.