Toni Kroos EChL 1/2 finalining 1-o'yinida “Bavariya” bilan durangga (2:2) baho berdi.
“O'yin voqealarga boy bo'ldi. G'alati tomoni shundaki, barcha gollar raqib jamoa yaxshiroq o'ynagan paytda kiritilgan. Bu maydonda individual kuchli futbolchilar ko'p edi.
O'ylaymanki, biz durangga loyiq edik, lekin, albatta, biz o'z uyimizda finalga yo'l olishimizga ishonchimiz komil", - dedi “Real” yarim himoyachisi.