Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 11 ta o'yinga etkazdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari yarim finalda “Bavariya” bilan durang o'ynadi (2:2).
Turnirdagi so'nggi 11 o'yinda madridliklar 7 g'alaba va 4 durang qayd etgan. Bu ularning 2017 yilning may oyidan beri eng yaxshi seriyasi bo'lib, ular o'shanda 15 ta o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazgan (10 g'alaba, 5 durang).
8 may kuni "Real" "Bavariya"ga qarshi javob o'yinini o'tkazadi.