"Real" hujumchisi Vinisius Junior "Bavariya"ga qarshi (2:2) Evropa Chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvida Toni Kroosning golli uzatmasiga izoh berdi.
“Kroos har doim ishlarni osonlashtiradi. U menga golli vaziyat yaratib berdi, jamoa saviyasidan mamnunman. Yaxshilashimiz kerak, lekin shunday davom etsak, muvaffaqiyatga erishamiz.
Kroosning pasi? Biz birga ko'p mashq qilamiz. Men Tonini yaxshi bilaman va u meni biladi. Ikkita gol urganimdan xursandman.
"Real"ni o'z joyiga - finalga olib chiqish vaqti keldi", - dedi Vinisius.