"Bavariya"ning mashhur hujumchisi Tomas Myuller o'z klubi safida Chempionlar ligasidagi 150-uchrashuvini o'tkazadi.
Nemis futbolchisi "Real" bilan birinchi yarim final o'yinida jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi.
Opta Sports xabariga ko'ra, Myuller UEFA Chempionlar Ligasi tarixida bir klubda 150 va undan ortiq o'yin o'tkazgan uchinchi futbolchiga aylanadi.
Ulardan ikkitasi - Xavi ("Barselona" uchun 151 ta o'yin) va Iker Kasilyas ("Real Madrid" uchun 150 ta o'yin).