"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem 30 aprel oqshomida "Bavariya"ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi ilk uchrashuvida maydonga tushadi.
U asosiy tarkibda maydonga tushadi. Opta Sports xabariga ko'ra, bu o'yin Bellingem uchun Chempionlar ligasidagi 32-bahs bo'ladi.
Faqat bir futbolchi, ya'ni Sesk Fabregas 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida Chempionlar Ligasida undan ko'proq o'yin o'tkazgan (34).
U Londonning "Arsenal" jamoasida o'ynagan.