"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger "Los-Blankos"ning sobiq futbolchisi Pepeni o'zining sevimli futbolchisi deb atadi.
Nemis futbolchisining tan olishicha, u ham Pepe kabi raqiblarini jahlini chiqarishni yaxshi ko'radi. Biroq, Ryudigerning fikricha, portugaliyalik futbolchi boshqa darajada.
"Mening sevimli futbolchim bu Pepe. Mening sevimli mahoratim? Raqiblarni jahlini chiqarish. Ha, men va Pepe o'rtamizda o'xshashliklarni ko'ryapman, lekin rostini aytsam, u boshqa saviyada", — dedi Ryudiger Madrid Xtra bilan suhbatda.
Joriy mavsumda Ryudiger “Real” safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.