Yozua Kimmix "Bavariya"ning joriy mavsumiga baho berdi.
"Biz Tomas Tuxel boshchiligida ikki xil "Bavariya"ni ko'ramiz: biri Bundesligada, ikkinchisi Chempionlar Ligasida.
So'nggi bir necha hafta ichida "Arsenal"ga qarshi ikkita juda yaxshi o'yin o'tkazdik va "Latsio"ga qarshi ikkinchi o'yinni ham yomon o'tkazmadik.
Biz Bundesligada ba'zi muammolarga duch keldik va biz ajoyib mavsum o'tkazgan "Bayer"ga tan berishimiz kerak.
Yaxshiyamki, biz hali ham Chempionlar ligasi uchun kurashyapmiz, lekin to'g'risini aytsam, “Bavariya”dek klub uchun buning o'zi etarli emas", - dedi myunxenlik yarim himoyachi.