"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Xavi Martines Chempionlar ligasi yarim finalida "Real"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Umid qilamanki, “Bavariya” Chempionlar ligasi finaliga chiqadi. Ammo imkoniyatlar 50 ga 50. "Bavariya" Germaniya chempionatida yaxshi mavsumni o'tkazdi, ammo ular "Bayer" kabi noyob raqibga duch kelishdi.
"Real Madrid" "Bavariya"ni chempionatdagi jadvali qarab baholashiga yo'l qo'ymang. Bundesliga o'yinlarida va Chempionlar ligasida ular doimo kutilmagan hodisalar qilishga qodir", - deya Martinesning so'zlarini keltiradi Marca.
Ispaniyalik yarim himoyachi 2012 yilning avgustidan 2021 yilning yoziga qadar "Bavariya"da o'ynagan. Martines klub safida barcha musobaqalarda 268 o'yin o'tkazdi. Uning hisobida 14 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.