Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» yana Chempionlar ligasini yutadimi?

Madridning «Real» klubi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida Dortmundning «Borussiya» klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 3:1.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida Dortmundning «Borussiya» klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 3:1.

«Real»ga qarshi o'yingacha «Borussiya» Bundesligada 6 o'yin o'tkazgandi.  Dortmundliklar Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadam, jamoa bir necha etakchilar tark etgan bo'lsada, raqiblar osonlik bilan taslim etilmoqda. Mavsum startida faqat bitta gol o'tkazildi, ikkinchi gol esa Menxengladbaxning «Borussiya»siga qarshi kechgan va 6:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvda.

Ammo jamoa xalqaro maydonda butunlay boshqacha jamoaga aylanib qoldi. «Uembli»da o'tkazilgan uchta golni tasodif sifatida qarash mumkin edi, bu o'yinda Keyn individual mahoratini namoyish etdi, ammo ikkinchi turdagi o'yin savollar paydo qildi: sabablar nimada?..

Bunga qisqacha javob berish ham mumkin. Bu «Real» va Krishtianu Ronaldu. «Real» EChL guruh bosqichlaridagi oxirgi mag'lubiyatini «Borussiya»dan qabul qilib olgandi. Bu 5 yil muqaddam, 2012 yilning oktyabrida ro'y bergan. Ronaldu kechagi o'yinga tetik holatda etib keldi, u primerada diskvalifikatsiya o'tadi, keyin ichki chempionatda kuchsiz raqiblarga qarshi o'ynadi, xalqaro maydonda esa Farer orollari va APOEL klublariga qarshi o'yinlarda gollar urgandi.

Foto: EChL

«Borussiya»ning baxtiga qarshi, odamlarning xotirasi qisqa va ular «Signal Iduna Park»da «Real»ga qarshi 6 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyani unutishadi. Zidan jamoasi bu seriyani ishonch bilan yo'qqa chiqardi, shu bilan birga turnirning guruh bosqichida mag'lubiyatsiz o'yinlari sonini 29taga etkazdi.

Ronaldu Ispaniya chempionatidagi o'yinlarda yo'qolib qolishi mumkin, u «Betis» va «Alaves»ga qarshi o'yinlarda gol ura olmadi, ammo u katta o'yinlar oldidan «uyg'onadi».

Foto: EChL

U Chempionlar ligasidagi oxirgi 6 o'yinda 14 gol (!) urdi. Bu samaradorlik orqali Leo Messi bilan EChLda gol urish poygasida ilgarilab ketmoqda. U diskvalifikatsiyalar tufayli o'yinlarni o'tkazib yuborgan va primerada hali gol urmagan bo'lsada, jamoa to'purari.

Krishtianu o'zining sevimli turnirida hamisha natija ko'rsatgan. Ronaldu Chempionlar ligasi o'yinlarida bergan oxirgi 7 zarbasidan 6tasini golga aylantira olgan. U «Real» safidagi yubiley - 400-o'yinni kutilganidan ham yaxshi o'tkazdi.

Ronaldu va Beyl tandemi ishlay boshladi.

Foto: EChL

Endi jamoani 3-turda «Tottenhem»ga qarshi o'yin kutadi. Madridliklar uchun bu raqib qulay raqib deyish mumkin. Jamoalarning oxirgi uchrashuvida «Real» Londonda 4:0 hisobida g'alaba qozongandi. «Borussiya»ga qarshi ikkinchi o'yin Madridda o'tishi hisobga olinsa, guruhdan chiqish muammo bo'lmaydi. Shundan keyin Zaynidin Zidan drujinasi Chempionlar Ligasida qatorasiga uchinchi marta g'olib bo'lish uchun yo'lga chiqadi.

BestMaster
27 Sentabr 2017, 23:50
«real», yana, chempionlar, ligasini, yutadimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 CarolCrio  
Бундай тезликте Реал кызып кетиуи мункин сал тезликта кайтарынлар. Реааааал сен Н1
28 Sentabr 2017, 09:13
 ronaldoreal  
Yutadi hala madrid
28 Sentabr 2017, 10:01
achi
 achi  
tottenhem noqulay raqib bo'liwi m.n l.n biz otgan mavsumda kordik uwa noqulay raqib bolgan bavariya, atletiko va yuventus klublarini real qarwisida tiz cokiwdi yuqoridagi jamoalar b.n tottehem saviya borasida bellawa olmaydi wunday ekan g'alabaga biz tomonda omad realga
29 Sentabr 2017, 00:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads