"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Bavariya" ustozi Tomas Tuxelning Serj Gnabrini bo'lajak o'yinda gol urishi haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Tuxel avvalroq myunxenliklar yarim himoyachisi Serj Gnabrining "Real" bilan o'yinda gol ura olishiga ishonch bildirgan edi.
"Gnabri xuddi Musiala, Keyn va Sane kabi gol ura oladi. Vinisiusda ham gol urish imkoniyati bor. "Bavariya"da jahon darajasidagi futbolchilar bor, biz ularni hurmat qilamiz", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” – “Real” o'rtasidagi Chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvi 30 aprel, seshanba kuni, javob uchrashuvi esa 8 may kuni Madridda bo'lib o'tadi.