Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti himoyachi Eder Militaoning safga qaytishi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, ertaga, 30 aprel kuni "Bavariya" va "Real" o'rtasida Chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvi "Alyants Arena"da bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.
"Militao ham, Tibo Kurtua ham jarohatdan qaytganidan juda xursandmiz. Eder allaqachon "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan va ertangi o'yinda maydonga tushishi mumkin", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Militao sakkiz oy davomida maydonga tushmagandi, braziliyalik futbolchi tizzasidan jarohat olgandi.