O'tgan yili yarim himoyachi Arda Gyuler "Fenerbaxche"ni "Real"ga almashtirgan edi. Turk futbolchisi Ispaniyadagi hayot haqida gapirdi.
“Dam olish vaqti meni hayratda qoldirdi. Tushda barcha do'konlar yopiladi va odamlar uxlashadi. Jamoamizda tushlik paytida uxlaydiganlar ham bor", dedi Gyuler.
Arda Gyuler "Real Madrid"ga o'tganidan so'ng sakkizta rasmiy o'yin o'tkazdi. Ularda yarim himoyachi ikkita gol urdi. Madridning “Real” klubi ayni damda Chempionlar ligasi doirasida “Bavariya”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoalar 30 aprel, seshanba kuni maydonga tushadi.