"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus Myunxen jamoasining Chempionlar ligasi yarim finalida "Real"ga qarshi o'yini haqida gapirdi.
"Bavariya" "Real"dan biroz ustunlikka ega. "Real Madrid" dunyoning eng yaxshi jamoasi "Manchester Siti"ni mag'lub etish baxtiga muyassar bo'ldi. Qolaversa, "Bavariya"ning kiyinish xonasidagi kayfiyat uzoq vaqtdan beri yaxshi ekanini eshitdim", - dedi Matteus.
"Bavariya" va "Real" o'rtasidagi ilk o'yin 30 aprel, seshanba kuni bo'lib o'tadi.