"Real"ning iqtidorli yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoadoshlari bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Ko'pchilik futbolchilar meni “Abi” deb chaqirishadi, bu “katta aka” degan ma'noni anglatadi. Hatto Luka Modrichning ham meni shunday chaqirishi ajablanarli", - dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Arda Gyuler "Los-Blankos" safida ilk bor La Liga o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushgandi. 29-daqiqada turkiyalik futbolchi "Real Sosedad" darvozasini ishg'ol qilgan.