"Real Madrid"ning 19 yoshli futbolchisi Arda Gyuler klubi bilan nimaga erishmoqchi ekanligi haqida gapirdi.
Yarim himoyachi "qirollik klubi"da debyut mavsumini o'tkazmoqda. Yosh futbolchi allaqachon "Los Blankos" bilan Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan va La Ligada ham g'alaba qozonishga yaqin turibdi.
Chempionlar ligasida Karlo Anchelotti shogirdlari yarim finalga qadar etib borgan va unda “Bavariya”ga qarshi bahs olib boradi.
Gyuler intervyusida Chempionlar ligasida g'alaba qozonish u uchun muhimligini aytdi:
"Men Chempionlar ligasida g'olib chiqqan birinchi turk futbolchisi bo'lishni xohlayman", - dedi futbolchi.