Madridning "Real" klubi himoyachisi Nacho Fernandes faoliyatini Leverkuzenning "Bayer" klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Migel Anxel Dias.
34 yoshli ispaniyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Avvalroq, u "Real" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Nacho "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi. U butun faoliyatini jamoada o'tkazdi. Joriy mavsumda u jamoa safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali uning narxini 4 million evroga baholamoqda.