Matteys de Ligt Chempionlar ligasi yarim finalidan oldin jarohat oldi.
Kecha "Bavariya" Bundesliganing 31-turi doirasida "Ayntraxt"ni mag'lub etdi (2:1).
Myunxenliklar himoyachisi Matteys de Ligt bahsni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo'limdan keyin almashtirildi. U stadiondan chiqib ketayotganda oqsoqlanayotgan edi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel nilerlandiyalik futbolchining tizza bo'g'imini shikastlaganini aytdi.
30 aprel kuni "Bavariya" Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o'yinida "Real"ni qabul qiladi. Ayni damda De Ligt ushbu o'yinga qadar tiklana oladimi yoki yo'qligi aniq emas.