Futbol agenti Jorje Mendesh "PSJ" rahbariyati bilan uchrashib, Lamin Yamalning ehtimoliy transferini muhokama qildi.
Mundo Deportivo nashrining ma'lum qilishicha, Mendesh parijliklarga "ko'k-anorranglilar" o'z iqtidorini 200 million evroga sotmasligini aniq aytgan.
"Barselona" kelajakda Laminga umid bog'lamoqda va uni sotmoqchi emas. "PSJ" Yamalni yozda "Real"ga o'tadigan Kilian Mbappe o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rayotgandi.
Joriy mavsumda hujumchi 44 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.