Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisni sotib olmoqchi emas. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Real Madrid" kelasi mavsum boshlanishidan oldin himoya chizig'ini mustahkamlash borasidagi ustuvorliklarini o'zgartirgan. Chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan og'zaki kelishuvga erishganiga qaramay, "Los Blancos" rahbariyati frantsiyalik "Lill" markaziy himoyachisi Leni Yoroni sotib olishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda Devis barcha turnirlarda 31 ta o'yinda qatnashib, bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.