"Real Sosedad" bosh murabbiyi Imanol Alguasil jamoasining Ispaniya Primerasining 33-turida "Real"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyati (0:1) haqida fikr bildirdi.
“Bir tomondan, men futbolchilarning Evropadagi eng yaxshi formadagi jamoa bilan o'ynaganidan xursandman va faxrlanaman. Menimcha, biz bundan ham yaxshisiga loyiq edik.
Bu futbol. Oxir-oqibat, hamma narsa golga bog'liq. Lekin muhimi jamoa yaxshi futbol ko'rsatayapti. Biz juda yaxshi o'ynadik, "Real"ni himoyada ushlab turdik", - deya Alguasil so'zlarini keltirmoqda Marca.
Ispaniya chempionatining 33-turidan so'ng “Real Sosedad” 51 ochko jamg'arib, oltinchi o'rinda bormoqda.