"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadagi maoshining miqdoridan qoniqmayapti.
"Oltin to'p"ning 4 karra sohibi "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va PSJ to'purari Neymar bilan teng miqdorda ish haqi olishni istayapti.
Ma'lumki, Ronalduning "Real" bilan imzolagan, 2020 yilgacha mo'ljallangan shartnomasidagi maoshi 23,6 mln evroga teng. Marca xabariga ko'ra, futbolchi rahbariyatdan kamida 25 mln evro maoshni talab qilyapti.
Hozircha "Real" portugaliyalikning "ishtahasi"ni qondirishga tayyor emas. Rahbariyat birinchi navbatda Asensio, Ramos va Zidan bilan shartnomalarni yangilamoqchi.
Krishtianu bilan yangi shartnoma masalasi esa 2018 yil boshida ko'rib chiqilishi mumkin.