"Real Sosedad" yarim himoyachisi Takefusa Kuboning fikricha, "Real Madrid" bilan o'yinda ular yutishi kerak bo'lgan.
“O'yinni ko'rgan har bir inson biz g'alaba qozonishga haqli ekanligimizni biladi. Bu aqlga sig'maydi. O'ylaymanki, "Real"ga gol bilan omad kulib boqdi", - deydi Kubo.
Karlo Anchelotti jamoasi 84 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda. "Real Sosedad" 51 ochko bilan oltinchi o'rinda joylashgan.