Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior madridliklar safida o'yinlarda ishtirok etish borasida Garet Beyl bilan tenglashdi.
Juma kuni braziliyalik futbolchi La Liga doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi va bu u uchun "Los-Blankos" safida barcha musobaqalarda 258-o'yin bo'ldi. Madrid Zone ta'kidlaganidek, Vinisius bu ko'rsatkich bo'yicha 2013 yildan 2021 yilgacha jamoa sharafini himoya qilgan Beyl bilan teng. Madridliklarning amaldagi hujumchisi 258 uchrashuvda 78 ta gol urgan va 75 ta golga assistentlik qilgan bo'lsa, uelslik futbolchi 106 ta gol va 67 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Vinisius 2018 yilda 18 yoshga to'lganda "Flamengo"dan "Real Madrid"ga o'tgan edi.
Beyl 2023 yilning yanvarida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.