"Real Madrid" markaziy himoyachisi Eder Militao uzoq vaqtdan so'ng yana asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Braziliyalik futbolchi mavsum boshida xoch bog'lami yirtilgani sababli safdan chiqqan edi. Juma kuni 26 yoshli futbolchi "Los-Blankos" safida "Real Sosedad"ga (1:0) qarshi La Liga o'yinida maydonga tushdi.
“Sakkiz oy ichida birinchi marta asosiy tarkibda o'yinni boshlaganimdan juda xursandman. Butun jamoamiz himoyada yaxshi o'ynash uchun astoydil harakat qildi. Biz juda motivatsiyaga to'lamiz va g'alaba qozonishni davom ettirmoqchimiz. Hozir biz "Bavariya" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", - deya Militaoning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
30 aprel kuni "Real Madrid" Chempionlar ligasining birinchi yarim finalida "Bavariya" bilan o'ynaydi.