"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real Sosedad" darvozasiga g'alaba golini urgan Arda Gyulerni maqtadi.
19 yoshli yarim himoyachi 29-daqiqada darvozani ishg'ol qildi - bu o'yindagi yagona gol bo'ldi. Turk futbolchisi uchun bu uning La Ligada ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushishi edi.
“Gyuler kelajagimiz uchun juda muhim. Albatta, u keyingi mavsumda ham shu erda qoladi. Arda ajoyib qobiliyatlarga ega, uning iste'dodi bor. U juda yosh va asta-sekin qahramonlardan biriga aylanadi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.