Ispaniyaning Relevo nashri ukrainalik darvozabon Andrey Luninning "Zarya Lugansk"dan "Real"ga o'tishi tafsilotlari haqida xabar tarqatdi. Transfer 2018 yilning yozida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Luninga "Qirollik klubi"dan tashqari yana bir qancha klublar – “Real Sosedad”, "Zaltsburg", "Liverpul" va Italiyaning "Napoli" klublari da'vogarlik qilgandi.
Qayd etilishicha, "Real" ukrainalik futbolchini transferga deyarli yaqin turganida, qiyinchiliklar yuzaga kela boshlagan. "Zarya" rahbariyati tender jarayonini ochdi va boshqa nufuzli klublar ham qo'shildi, ammo yakunda Madridliklar kelishuvga erishdilar. Nashrning xabar berishicha, Lunin transferi summasi bonuslar bilan birga 10 million evrodan oshgan.