Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua maydonga qaytishi haqida gapirdi.
"Men o'zimni fantastik, hatto kutilganidan ham yaxshiroq his qilyapman...
Men qaytishni intiqlik bilan kutyapman, lekin men har doim shifokorlar tavsiya qilgan narsani qilaman" - dedi Kurtua.
Eslatib o'tamiz, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Tibo 4 may kuni "Kadis"ga qarshi o'ynay olishini aytgandi.
Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin joriy mavsumda “Real” safida 28 ta o'yin o'tkazib, shulardan 12 tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va 25 ta gol o'tkazib yubordi.