"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Arda Gyulerning o'yin vaqti bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, turkiyalik yarim himoyachi turli jarohatlar tufayli mavsumning birinchi yarmini o'tkazib yuborgandi.
“Arda o'zini yaxshi his qilmoqda va o'ynashga tayyor. Menimcha, Gyuler ko'proq imkoniyat va amaliyotga loyiq. U tez orada maydonga qaytishi mumkin. Tez orada unga o'ynash uchun vaqt beraman", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
19 yoshli Gyuler Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. O'tgan yozda "Real" yarim himoyachining transferi uchun 20 million evro to'lagandi.