Alisson FourFourTwo portali tomonidan dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Britaniya jurnali ayni damdagi dunyoning eng yaxshi darvozabonlari ro'yxatini tuzib chiqdi. Birinchi o'rinni "Liverpul" va Braziliya terma jamoasi posboni egalladi.
Top-10 quyidagicha ko'rinish oldi:
1. Alisson («Liverpul»);
2. Ederson («Manchester Siti»);
3. Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»);
4. Emiliano Martines («Aston Villa»);
5. Mayk Menyan («Milan»);
6. Yan Zommer («Inter»);
7. Djanluidji Donnarumma («PSJ»);
8. Lukash Gradetski («Bayer»);
9. Diogu Koshta («Portu»);
10. Manuel Noyer («Bavariya»).