Joan Laporta "El-Klasiko"da Lamin Yamalning zarbasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" bilan o'yinning 28-daqiqasida "Barselona" vingeri Lamin Yamal burchak to'pidan unumli foydalanib, oyog'ini muvaffaqiyatli qo'ydi. To'p hech bo'lmaganda qisman darvoza chizig'ini kesib o'tdi, ammo darvozabon Andrey Lunin uni o'z darvozasidan olib chiqdi. Bosh hakam Sezar Soto Grado videoassistent bilan bir necha daqiqa maslahatlashdi va gol yo'qligini ko'rsatdi. Yakunda hakam o'z qarorini o'zgartirmadi.
"Bernabeu"dagi o'yindan so'ng darhol hakamlarga nisbatan norozilik bildirildi. Biz allaqachon federatsiyadan videoni so'ragan edik, chunki golni Lamin urganiga ishonamiz.
Biz oxirigacha boramiz, bunday o'zboshimchaliklarga o'rin bo'lmasligi kerak", - dedi "Barselona" prezidenti.