"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes o'zining muvaffaqiyatsiz faoliyati haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Murabbiy yozda jamoani tark etganida, rahbariyatdan 4 million evrodan ortiq maosh talab qilgan bo'lishi avvalroq xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Xavining shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan, shuning uchun u yaqin kelajakda ketishga qaror qilsa, ushbu muddat uchun to'lanadigan pulni so'rashi mumkin.
"Agar ketsam, keyingi mavsum uchun pul talab qilmasdim. Bu haqiqat emas. Men uchun pul eng muhimi emas", - dedi Xavi matbuot anjumanida.